Uz Ru
Foydali maqolalar 01.05.18

Xonadon kirish eshiklari qanday bo’lishi kerak?

Kirish eshigi – xonadonning ko’rkini belgilaydi va shinamlikning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Xonadon eshigi tashqaridagi hidlarning yo’lini to’sadi, shovqinni so’ndiradi va eng asosiysi sovuq havo hamda iflosliklarning ichkariga kirishiga to’sqinlik qiladi. Lekin shu bilan birga eshik mustahkam hamda cho’ntakbop bo’lishi ham zarur. Xo’sh, xonadon kirish eshiklari qanday talablarga javob berishi kerak? Ushbu maqolada shu haqda so’z boradi.

Yaxshi kirish eshiklari quyidagi talablarga javob berishi kerak:

*Mol-mulk muhofazasini ta’minlashi kerak. Eshikning sifatidan tashqari uning qo’shimcha jihozlari ham muhim ahamiyat kasb etadi, masalan ko’z tuynukchasi (glazok), ilgak, qulf. Eshikning o’zi ham mustahkam va yuqori sifatli bo’lishi lozim.

*Shovqin va issiqlik o’tkazmaydigan xususiyatlarga ega bo’lishi kerak. Eshik tashqaridagi shovqin hamda sovuq oqimning ichkariga kirishiga to’sqinlik qilishi lozim. Buning uchun eshik asosidan tashqari uning zich berkilishini ta’minlovchi qo’shimcha rezinalari ham bo’lishi talab etiladi.

*Jozibadorligi. Kirish eshigi xonadonning umumiy dizayniga mos tushishi, tashqaridan esa podyezd uslubi bilan uyg’unlashishi  lozim.

*Tasodifiy yohud qasddan qilingan mexanik ta’sirlarga bardoshli bo’lishi, ba’zi hollarda esa ob-havo sharoitlariga ham chidamli bo’lishi talab etiladi.

Xonadonga eshik tanlashda shovqin o’tkazmaydigan xususiyatini inobatga olish zarur, chunki podyezddan ko’pgina shovqinlar uyga kirishi mumkin. Shuning uchun bunday eshiklarda zichlagich hamda qo’shimcha zichlashtiruvchi konturning bo’lishi juda muhimdir.

Bulardan tashqari eshikning estetik ko’rinishi ham mihim ahamiyat kasb etadi, chunki eshik ichki va tashqi muhit bilan uyg’unlashmog’i kerak. Qulf, ilgak, qulf tilchasi (shtir) kabi furnituralarga ham alohida e’tibor qaratish lozim.

Va eng asosiysi, tanlangan eshik to’g’ri o’rnatilishi lozim. Buning uchun maxsus mutaxassislarga murojaat qilgan ma’qul. Chunki noto’g’ri o’rnatilgan eng yuqori sifatli eshik ham jinoyatchilardan himoya qila olmaydi.

bosh sahifaga qaytish

Rahmat!

Siz bilan bizni tezda menedjer aloqaga chiqadi. YOPISH

+998 71 200 51 15

+998 98 337 80 00

YOPISH
\