Uz Ru
Foydali maqolalar 27.04.18

Toshkent seysmologik aktiv hududda

Toshkent shahri seysmologik aktiv hududda joylashgan, shuning  uchun bu yerda tez-tez yer silkinishlari sodir bo’lib turadi. Xo’sh, zilzilalar hamda yer silkinishlari vaqtida nima qilish kerak va turar joylarni xavf-xatardan qanday himoyalash mumkin? Maqolamizda ushbu savollarga javob berishga harakat qilamiz.

Yer silkinishlar boshlanganda siz xona ichida bo’lsangiz, quyidagilarni bajarishga harakat qiling.:

*Agar bino ichida bo’lsangiz, undan chiqishga urinmang.

*Derazalar, osilib turgan narsalar hamda noqulay va omonat turgan mebellardan uzoqroq bo’lishga harakat qiling.

*Agar yaqin o’rtada mustahkam va baquvvat stol bo’lsa, shuning ostiga berkinish mumkin. Agar bo’lmasa, ichki devor tagiga yotib, boshni qo’l bilan berkitish lozim.

*Agar yer silkinishi siz karavotda yotganingizda sodir bo’lsa, joyingizdan qimirlamang. Faqat boshingizni yostiq bilan berkitib oling.

*Yer silkinish vaqtida olov yoqish qat’iyan man qilinadi.

*Balkonga chiqish ham ta’qiqlanadi.

*Silkinishlar vaqtida eshik kesakisi ostiga turib olish mumkin.

 Bu harakatlarning barchasi siz va oila a’zolaringizning xavfsizligini ta’minlaydi. Biroq profilaktika choralari haqida ham unutmaslik lozim. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:

*Oldiniga xonadondagi potentsial xavfni, ya’ni silkinishlar vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xatarni aniqlash va ularni bartaraf qilish lozim. Masalan, buyum va mebellar chiqish yo’lini to’sib qo’ymaganligiga ishonch hosil qilish, oyna va ko’zgularni mahkamlab qo’yish, divan tepasiga poster va yumshoq suratlarnigina osish kerak. Lampa va keramik buyumlarni shpatlyovka yordamida mustahkam qotirish lozim. Og’ir mebelni ham yaxshilab mahkamlab, ularni divan va karavotdan uzoqroqqa o’rnatish kerak. Gaz va suv quvurlarini tekshirib, zararlangan joylari bor-yo’qligini sinchiklab tekshirish shart. Shuningdek, silkinishlar vaqtida idish-tovoqlar shkafdan tushib ketmasligi uchun oshxona shkaflarining eshilarini ham koz’dan kechirish va kerak bo’lsa ta’mirlarlab, mahkamlab qo’yish kerak.

*Undan keyin oila xavfsizligi uchun reja ishlab chiqish lozim. Bunda oila a’zolari bilan yer silkinishi va zilzilalar vaqtida nima qilish va o’zlarini qanday tutishlari haqida tushuncha beriladi. Silkinishlardan keyin qayerda uchrashish kelishib olinadi. Shuningdek, xonadondagi eng xavfsiz joy belgilanadi va u yerga berkinish yo’llari ishlab chiqiladi.

*Birinchi yordam ko’rsatish qonun-qoidasini ham o’rganish lozim.

*Pasport, uy hujjatlari, tug’ilganlik haqida hamda nikohdan o’tganlik haqidagi guvohnomalar kabi zarur hujjatlar va ularning nusxalarini yig’ib, ta’yinli va qulay joyga qo’yish kerak.

*Va nihoyat sumkaga ehtiyoj uchun zarur bo’lgan eng kerakli narsalarni joylab tayyorlab qo’yish kerak. Sumkaga ichimlik suvi, dori-darmonlar, fonar, radio, oziq-ovqat zahirasi (asosan konservalar), issiq kiyim va yomg’irpo’shlar, hujjatlar nusxasi va pullarni joylab qo’yish kerak. Narsalar joylagan sumkani xonadondan chiqaverishga qo’yish lozim.

Yuqoridagi choralarga amal qilinsa, zilzila va yer silkinishlarini yengib o’tish ancha oson kechadi.  

 

bosh sahifaga qaytish

Rahmat!

Siz bilan bizni tezda menedjer aloqaga chiqadi. YOPISH

+998 71 200 51 15

+998 98 337 80 00

YOPISH
\