Uz Ru
Foydali maqolalar 12.01.18

Xonani shinam qilish yo’llari

Xonani shinam qilish yo’llari

 Nazaringizda uyingizga shinamlik yetishmayaptimi? Yoki yangi kvartirangizning yashash uchun yanayam qulay bo’lishini xohlaysizmi? Yoki uyingizda xonadon iliqligi sezilmay qolayaptimi? Biz oilangizning har bir a’zosi uyda o’zlarini qulay his qilishlari uchun xonadoningizga shinamlik olib kiruvchi ba’zi maslahatlar beramiz.

Joy. Bunda ko’p narsa xonaning katta-kichikligiga bog’liq. Masalan, uncha katta bo’lmagan kvartiralarning egalari mebel va buyumlarni bir-biri bilan uyg’unlashib turishi uchun ularni to’g’ri joylashtirishni bilmasliklari mumkin. Bunday sharoitda bo’sh joydan optimal foydalanib, burchakli mebellarni joylashtirgan ma’qul. Devorlarning rangiga ham e’tibor berish lozim. To’q ranglar xonaning hajmini kichik qilib ko’rsatishi mumkin, shuning uchun devorlarni bo’yashda yorqin ranglarni tanlash kerak.

Katta kvartiralarning egalari ham bo’sh joyni qanday shinam va qulay qilib to’ldirish ustida bosh qotiradilar. Buning uchun xonani to’siqlar yordamida bir necha hududga bo’lib olgan ma’qul.

Yoritish. Yetarlicha yoritilgan xona kengroq bo’lib ko’rinadi. Bundan tashqari to’g’ri tanlangan lampa, torsher kabi yoritish asboblari xona dizaynining qo’shimcha elementi sifatida ko’rk bag’ishlab turishi mumkin.

Mebel. Mebel tanlayotganda uning nafaqat zamonaviyligi va afzalligiga e’tibor berishingiz, balki ushbu jihoz kvartirangizning interyeriga qanchalik mos tushishini ham inobatga olishingiz lozim. Jihoz rangi xona devorlarining rangi bilan uyg’unlashmog’i kerak.

Yog’och va shishadan tayyorlangan mebellar plastikdan yasalgan jihozlardan ko’ra jozibaliroq va afzalroqdir.

Tekstil. Bular divan va kreslolar uchun turli choyshablar, qulaygina yostiqlar va dasturxonlardir. Bir-biriga mos uyg’un rangdagi bunday ashyolar xonaga ajoyib maftunkorlik baxsh etishi tabiiy. Xona jozibasiga o’ziga yarasha hissa qo’shadigan pardalarga ham alohida e’tibor berish lozim.

Dekor. Bu vaza, mozaika, qutichalar, rasm va boshqa shu kabi qo’lda tayyorlangan bezaklar bo’lishi mumkin. Bu bezaklar bir xonadonni ikkinchisidan ajratib turuvchi betakrorlikni yaratadi. Biroq chang qoplamasligi uchun ularni muntazam artib turish lozim. Shu sababli ko’pchilik bekalar bunday ashyolarni uncha xushlamaydilar. Ammo o’ylab qaralsa, bu unchaliq qiyin ish emas.

Bundan tashqari xonaga tuvakdagi gullarni qo’yib chiqish, interyer jihozlarini qo’lda yasalgan buyumlar bilan bezab chiqish hamda oilaviy suratlarni osib chiqish mumkin. Uyingizni “shinam va fayzli xonadon”ga aylantirishning yana boshqa ko’pgina yo’llari bor. Bu o’zingizning ijodingiz va izlanishingizga bog’liq.

bosh sahifaga qaytish

Rahmat!

Siz bilan bizni tezda menedjer aloqaga chiqadi. YOPISH

+998 71 200 51 15

+998 98 337 80 00

YOPISH
\