Uz Ru

Xonadona bo’limini tanlang

Galereya

OB’YEKT TAVSIFI

To’qqiz qavatli “POYTAXT GAVHARI” turar-joy majmuasi shahar markazi – Yunus-Obod tumanidagi A.Qodiriy ko’chasi yoqasida, markaziy yo’ldan 30 metr uzoqlikda joylashgan.

Binoning pastki ikki qavatida tijorat ko’chmas mulki joy olgan. Birinchi qavatda – maishiy-savdo majmuasi, ikkinchi qavatda esa – ofislar joylashgan. Turar-joy majmuasidan 100 metr uzoqlikda Royal Palaze restorani, 500 metr narida – supermarket, Adidas, DiSport sport do’konlari, Oloy bozori hamda Hamid Olimjon va Abdulla Qodiriy metro bekatlari joylashgan.

Turar-joy majmuasining hovlisidan jihozlangan bolalar maydonchasi, favvora, yashil hudud, avtomobillar uchun parking joy olgan.

Majmua yonida 150 ta avtomobil qo’yish joyi bo’lsa, majmua hovlisida 50 ta mashina uchun joy mavjud, yer osti parkingi esa 374 ta joydan iborat. Shift balandligi 3 metrni tashkil etadi.

Butun turar-joy majmuasining atrofi o’ralgan bo’lib, mustahkam qo’riqlanadi, videokuzatuv o’rnatilgan.Turar-joy majmuasining qurilishida faqatgina ishonchli ta’minotchilarning yuqori sifatli qurilish materiallaridan foydalanilgan. Xususan, bino qurilishida Rossiya Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan armatura, M400 rusumli sementdan foydalanilgan. Binoning fasadiga travertin bilan ishlov berilgan.

 

Har bir xonadonga barcha kommunikatsiyalar – gaz, elekrt manbai, isitish tizimi, issiq va sovuq suv ta’minoti, telefon liniyasi, Internet, kabel televideniyesi o’tkazilgan. Issiq suv va isitish tizimi avtonom bug’ qozonga ulangan. Elektr manbai bilan ta’minlash jarayoni esa avtonom TP yordamida amalga oshiriladi.

Turar-joy majmuasidagi xonadonlarning maydoni 39m² dan 140m² gacha bo’lib, shift balandligi 3,4 metrni tashkil etadi.

 

Mazkur turar-joy majmuasida yuqori va pastki qavatlarga chiqib-tushish uchun mo’ljallangan zinapoyalar marmar bilan qoplangan va bejamdor panjaralar bilan jihozlangan. Shuningdek, Germaniyada ishlab chiqarilgan lift ham o’rnatilgan.

 

Xonadonlarning maydoni: 39 m², 50 m², 58 m², 64 m², 65 m², 78,5 m², 84,5 m², 98 m², 100,5 m², 137 m².



Xarid Shartlari

“POYTAXT GAVHARI” turar-joy majmuasidagi ko’chmas mulkni qulay shartlar asosida xarid qilish mumkin:

-10 yillik ipoteka krediti;

-15 yillik “Yosh oila” krediti;

-kvartiralarni xarid qilishda bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati.

Naqd pul ko’rinishda
Pul o’tkazish yo’li bilan
Ipoteka



Quickly generate and embed a Google Map on your site! Click here Visit our website
Top free web directories

BIZNING KONTAKTLAR

O’zbekiston, Toshkent shahar Navoiy 7 ko`chasi.
+998 71 200 51 15
+998 98 337 80 00
sales@realhouse.uz
SAVOL BERISH

Rahmat!

Siz bilan bizni tezda menedjer aloqaga chiqadi. YOPISH

+998 71 200 51 15

+998 98 337 80 00

YOPISH
\