Uz Ru

Kompaniya haqida

Kompaniya taxiri

RealHouse - bu munosib narxlarda ishonchli zamonaviy turar-joy majmualarini loyihalashtiruvchi va quruvchi qurilish kompaniyasi. Kompaniya 2015-yildan buyon O`zbekiston bozorida muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsatmoqda. Ushbu davr mobaynida 5 ta yirik uy-joy kompleksi, jumladan umumiy maydoni 80 000 m2 ni tashkil qiluvchi 44 ta bino qurildi. Barcha binolar zamonaviy shahar qurilishining talablari va me`yorlariga to`la mos keladi.

Brend falsafiy talqini

Biz “tez va sifatli” shiori bilan ish qilmaymiz, biz ishonchlilikni afzal ko’ramiz. RealHouse kompaniyasining falsafasi o’z faoliyatiga yuqori talabchanlik, uning doimiy takomillashuvi va halol biznes olib borishdan iboratdir.Biz o’zimizning hududiy, professional va ijtimoiy chegaralarimizni kengaytirish borasida sidqidildan ish olib boramiz. Sifatli qurilish materiallarining ishlatilishi, loyihalarning bilimdon mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilishi, sifat nazorati va quruvchilarning kasb mahorati – inshootlarning uzoq yillar davomida xizmat qilishini ta’minlovchi ishonchli garovdir. Shuning uchun biz sinalgan, ishonchli ishlab chiqaruvchilar bilangina hamkorlik qilamiz. Xususan, biz inshootlarimizning qurilishida M400 belgili sement hamda Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan armaturadan foydalanganmiz. Malakali mutaxassislar esa kompaniyamizning g’ururi hisoblanadilar. Ish boshqaruvchilar, loyiha tuzuvchilar va muhandislar – ularning hammalari yuqori darajadagi kasb ustalari bo’lib, o’z ishlariga sodiqdirlar.
*Xavfsizlik – o’zingizni shinam sharoitda xotirjam his qilishingiz uchun biz hamma narsani hisobga olganmiz.
*Qulay joylashuv joyi.
*Faqatgina sifatli materiallar.
*Qurilish sohasidagi ekspertlar.
*Yangi ufqlarni zabt etishga tayyorgarlik.
*Qurilishga yangicha yondashuv.

Qulaylik va xavfsizlik – bizning ishimizni muhim omil
Bizning uylar eng yaxshi tumanlarda joylashgan
Biz eng sifatli xomashyolardan foydalanamiz
Bizda eng yaxshi qurilish sohasini ustalari ishlaydi
Biz erishilgan yutuqlarda to`xtab qolmaymiz
Biz eng zamonaviy qurilish texnologiyalarini ishlatamiz
bosh sahifaga qaytish

Rahmat!

Siz bilan bizni tezda menedjer aloqaga chiqadi. YOPISH

+998 71 200 51 15

+998 98 337 80 00

YOPISH
\